Yaqinda telekanallarning birida “Quvnoqlar va Zukkolar” tanlovini ko‘rib qoldim. Institutda o‘qigan kezlarimda o‘zim ham ushbu konkursning faol ishtirokchisi edim. Oradan vaqt o‘tib qatnashchilarning harakatlari ancha dadillik ko‘rinibdi. Istagan mavzusida gapirib, qo‘shiq qilyapti. Biz bir nimani aytishdan oldin so‘zni yuz marta elakdan o‘tkazardik.. Tomoshabinlarning qiyqirig‘iga qaraganda, musiqa ohanglari, raqsga tushishlari ularga ma’qul.
Sahna ko‘rinishi shartiga kelganda, ikki student chiqib “Zachet”ga necha pul, imtihonga necha pul domlaga beramiz?” deya qo‘shiq boshlab qoldi. “Agar pul bermasak, sessiyani yopa olmaymiz” deb zorlandi ikkinchi ishtirokchi. Shu tariqa o‘quv yurtidagi poraxo‘rlik to‘g‘risida yana bir nimalar deb, sahna so‘ngida bularning bari hazil deb tugatdi.
Biz o‘qigan chog‘imizda ham shu muammo atrofida chiqishlar tayyorlanar edi. Ya’ni porаxo‘rlik muammosini ko‘tarib chiqish orqali jamiyatni sergaklantirish, bu xavfli illatni oqibatini ko‘rsatish, xalq nafratini namoyish etishdan iborat edi.
Agar meni 2000 yillarda tahsil olganimni hisobga olsak, bu muammo nega xanuzgacha dolzarb? Demak, 20 yildan buyon bu illat bo‘lsa, nega hanuzgacha u bilan hech kim kurashmayapti? Agar kurashayotgan bo‘lsa nega bu muammo hanuzgacha tirik? “Gapga javob berish kerak” degan gap bor.
Poraxo‘rlik bu o‘yinchoq bo‘lmasa kerak. Bizning domlamiz bo‘lar edi. Har bir mavzuning asnosidagi xulosani “Bu tragediya emas” deb yakunlaguchi professorimizni katta poraxo‘r deyishardi. Uning haqida gapirganlar “butun gruppaga baho qo‘yib oxirida bittasini ushlaydi, o‘shandan hammanikini undiradi” derdilar.
Taqdir taqozosi bilan o‘sha men bo‘lib qoldim. Shahar chekkasidan qilayotgan imoratini betoniga 1 tonna sement, uni quyishga 5 ta mardikor, ularning ovqatiga 1 xalta un va 1 ta qo‘y olib kelib berganimdan keyin men bilan qiyomatli ota-o‘g‘il tutingandi. Bunga ko‘p yillar bo‘ldi. Yaqinda eshitsam, menga o‘xshagan talabalarning puli hisobiga qurilgan o‘sha xovlisini tomi bosib bandalikni bajo keltiribdilar.
Ayni paytda butun davlatimizda hamma sohada ezgulik, yaxshilik qilish bo‘yicha harakatlar olib borilyapti. Shu damlarda talabalar ham bu holat bo‘lsa uni yo‘q qilish bo‘yicha harakat qilishlari kerak. Nega deganda, poraxo‘rlikni jamiyatga zarari, illatini hisobga olib undan kulish emas, yig‘lash kerak. Agar bu muammoni shunchaki gapirayotgan bo‘lsa uyat bo‘lishi kerak.
Rivojlangan davlatlarda talabalar o‘qituvchilarni hurmatini joyiga qo‘yishadi, ilmiy unvonidan qat’i nazar profeyesor deb murojaat qilishadi. Bizda ba’zi bir domlalarning xurmacha qiliqlari uchun butun boshli professor o‘qituvchilarimizning faoliyatiga soya solmasligi kerak.
Xulosa qilib aytganda, siyqasi chiqqan xazillarni o‘z o‘rnida ishlatish kerak. Ustoz-shogirdlik munosabatlarini boshbodoqchilik bilan sahnaga chiqarish na zukkolik, na quvnoqlikni anglatadi. Tag‘in, bilmadim..
Jamshid NOSIROV
Manba: fayzbog.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi