MIB: Ko‘chmas mulk kredit qarzi sababli auksionga chiqarildi

Kredit mablag‘i tadbirkor yoki fuqarolarga maqsadli loyiha, ish ko‘lamini va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun banklar tomonidan beriladigan sarmoyadur va uni o‘z vaqtida to‘lab borish talab etiladi.
Kredit mablag‘lari o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, banklar sudga murojaat qilishga majbur bo‘lishadi. Sudlar esa, o‘z navbatida qarzorlikni undirish uchun Majburiy ijro byurosi organlariga yo‘naltiradi.
Misol uchun, Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining 02.04.2026 yildagi qaroriga asosan qarzdor “N.Q.Savdo” MCHJdan undiruvchi “Mikrokreditbank” ATIB foydasiga 1,037 mlrd. so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.
Ijro xarakatlari jarayonida qarzdor MCHJga tegishli ko‘chmas mulk binosi xatlanib, 5,7 mlrd. so‘m boshlang‘ich narhda auksion savdosiga chiqarildi.
Sotuvidan tushgan mablag‘ kredit qarzini qoplashga yo‘naltiriladi.
Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi






























Izohlar 0
…