Javohir Sindorov va Bibisaraning Monakodagi “Formula-1” poygasidagi tashrifi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Javohir Sindorov va Bibisaraning Monakodagi “Formula-1” poygasidagi tashrifi muhokamalarga sabab bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov hamda qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubayeva “Formula-1” bo‘yicha Monako Gran-prisiga tashrif buyurdi. Bu haqda Asaubayeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Bibisara yaqinda Oslodagi nufuzli shaxmat turnirida g‘olib chiqib, musobaqa tarixidagi eng yosh chempionga aylangan edi. Shundan so‘ng u Javohir Sindorov bilan Monte-Karloga yo‘l olgan.

Asaubayeva Monako shahri va poyga trassasidan suratlar ulashib, musobaqaning so‘nggi kunida VIP mehmon sifatida qatnashganini yozdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki shaxmatchi o‘rtasidagi munosabatlar haqida turli taxminlar bildirilmoqda. Biroq Javohir Sindorov ham, Bibisara Asaubayeva ham bu borada rasmiy izoh bermagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar