Farzandlarning moddiy ta’minoti masalasi hal etildi

Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ayniqsa, voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta’minotini ta’minlash Byuro organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Jumladan, Byuroning Toshkent tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor M. Yuldashevdan undiruvchi S. Yuldasheva foydasiga 1/3 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib.
Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda bir qator ijro harakatlari amalga oshirildi. Olib borilgan samarali ijro choralari natijasida qarzdordan undiruvchi S. Yuldasheva foydasiga jami 5 000 AQSH dollari miqdorida aliment mablag‘lari undirilib berilishi ta’minlandi.
Mazkur ijro harakatlari natijasida voyaga yetmagan farzandlarning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinib, sud hujjatining ijrosi amalda ta’minlandi.






























Izohlar 0
…