Niqobdagi xayriyachi: butun dunyoga yashirin yordam berayotgan inson

Niqob ostida faoliyat yurituvchi anonim xayriyachi hech qanday mukofot yoki shuhrat kutmasdan butun dunyo bo‘ylab odamlarga katta miqdordagi mablag‘lar bilan yordam bermoqda. Uning bu ezgu yo‘li otasi insultga uchraganidan keyin boshlangan og‘ir davrdagi hayotiy burilishdan so‘ng boshlangan. Yashirin xayriyachi muhtoj oilalarga uy-joy sovg‘a qiladi, qimmat tibbiy muolajalar xarajatlarini qoplaydi va yuzlab insonlarning taqdirini o‘zgartirib kelmoqda.
U butun boshli mamlakatlardan ham ko‘proq yordam berayotgan inson bo‘lishi mumkin, ammo uni hech kim tanimaydi — u niqob ostidagi xayriya qiluvchi shaxs.
U anonim tarzda odamlarga yordam berib, oilalarni qiyin vaziyatdan qutqaradi va ko‘plab insonlar taqdirini o‘zgartiradi. Hech qanday mukofot yoki shuhrat kutmasdan, katta mablag‘larni xayriya qiladi.
Uning bu yo‘li hayotidagi og‘ir burilishdan keyin boshlangan. Otasi insultga uchragan paytda u unga qayta yashashni, harakat qilishni o‘rgatishga majbur bo‘lgan. Aynan o‘sha davrda u o‘zining haqiqiy maqsadini — boshqalarga yordam berishni anglab yetgan.
Shundan beri u mutlaqo yashirin tarzda yaxshilik qilib keladi: qimmat tibbiy muolajalar xarajatlarini qoplaydi, muhtoj oilalarga uy-joy sovg‘a qiladi va yordamga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bir necha yil ichida u yuzlab insonlarning hayotini o‘zgartirdi. Uning qilgan ishlari internetda millionlab tomoshalar yig‘ib, ko‘plab odamlarni hayratga solmoqda va ta’sirlantirmoqda. Ammo u hanuzgacha o‘z yuzini yashirib keladi. Uning fikricha, haqiqiy yaxshilik shov-shuvsiz, shuhratsiz va ko‘z-ko‘z qilmasdan amalga oshirilishi kerak.






























Izohlar 0
…