Kadr: «Yoshlar» telekanali
Abduqayumov Azizbek Dilmurodovich 1991 yili Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan.
U oilasi bo‘laturib tumandoshi Feruzaga ko‘ngil qo‘ydi. Birinchi oilasidan hali qonunan ajrashib ulgurmagan Feruza ham Azizbekning taklifiga rozi bo‘lib, u bilan shar’iy nikoh asosida yashay boshladi. Bir yil o‘tib ular o‘g‘il farzand ko‘rdilar. Ammo bu ularning omonat oilasi uzoqqa bormadi.
O‘tgan yilning 30 dekabrida Feruza Azizbekdan javobini so‘raydi. Gap orasida tug‘ilgan farzand uniki emasligini aytib, kurakda turmaydigan haqoratli so‘zlarni yog‘diradi. Bu esa hali o‘ttizga kirmagan yigitning qo‘lini qonga beladi.
Azizbek avvaliga Feruza, so‘ngra voqeaga guvoh bo‘lgan uning singlisi Nargizaga og‘ir tan jarohati yetkazadi. Shundan so‘ng o‘gay qizi Gulchiroy hamda beshikda yotgan, hali bir yoshga to‘lmagan Muhammadalini o‘ldirib, ularning barchasini yoqib yuboradi.
Azizbek shundan so‘ng marhumlarga tegishli bo‘lgan 9 milliondan ziyod mulkni ham o‘zlashtiradi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida qotilning qilmishlari fosh bo‘ldi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudida unga hukm o‘qildi. Azizbek Abduqayumov Jinoyat kodeksining 97-moddasining tegishli bandlariga muvofiq, umrbod ozodlikdan mahrum etildi.
Manba: Xabar.uz
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi