
Fargʻona viloyatining Quva tumanida 4 iyul kuni noma'lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Yuziya qishlogʻida joylashgan “Yuziya” MFY binosi oldida haydab ketayotib shu MFYda yashagan M.B.ni urib yuborgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchi esa oʻz jinoyatini yashirish uchun uning jasadini Toshloq tumani Zarkent qishlogʻi A.Navoiy koʻchasidan oqib oʻtuvchi ariqqa tashlab ketgan.
Ushbu yoʻl-transport hodisasini sodir etgan noma'lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari koʻrilgan.
«Agarda kimda-kim ushbu holatga guvoh boʻlgan, haydovchi yoki avtomashina haqida biron-bir ma'lumotga ega boʻlsa, ichki ishlar organlarining hududiy boʻlimlariga yoki 102 telefon raqamiga xabar berishlarini soʻraymiz!», - deyiladi IIV xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar