O‘qituvchiman. Birinchi sinf o‘quvchilariga dars o‘tyapman. Ularga "Alifbe" darsligida qo‘shma harflar mavzusini o‘tish asnosida alifbodagi "qo‘shma harflar" deb berilgan qator: sh, ch, ng harfiy birikmalarining hosil bo‘lishini aynan darslikda berilganidek tushuntirdim.
Shunda o‘quvchilarimdan biri "Ustoz, sh s va h tovushlaridan, ng esa n hamda g dan tashkil topgan, ammo ch harfidagi c belgisi alifboda yo‘q-ku", deya e’tiroz bildirdi.
O‘ylab qoldim, xo‘sh, bunday vaziyatda o‘qituvchi hammadan ko‘proq ustoziga ishongan bolaga qanday javob bera oladi? Albatta, bu matematika darsligidagi 2+2=5 ga o‘xshash xato emas. Ammo o‘quvchining darslikka bo‘lgan ishonchiga darz ketishiga birinchi sabab, nazarimda.
Bundan angladimki, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi shu paytgacha mavjud kamchilik va g‘alizliklarni sezish uchun tilshunos emas, shunchaki, ona tiliga biroz e’tiborli bo‘lishning o‘zi yetarli.
Ochig‘i, o‘quvchimning e’tirozi haqida o‘ylab yurgan paytimda matbuotda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida tashkil etilgan ilmiy guruh tomonidan alifboga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqidagi ma’lumotga ko‘zim tushdi. O‘qib bildimki, tilshunos olimlar tomonidan qisqa vaqtda samarali izlanishlar olib borilgan. Albatta, bu ishda barcha tilshunoslar hamda yurtdoshlarimiz, umuman, keng jamoatchilikning fikr-mulohazalari e’tiborga olingan.
Shundan keyin "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va takomillashtirish muammolari", deb nomlangan ilmiy-amaliy konferensiya xulosasi ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi. Alifbo yangi tuzatishlar bilan taqdim etildi.
Ushbu izlanishlar natijasi o‘laroq, alifboga yangiliklar kiritishda bir to‘xtamga kelingan bo‘lsa-da, ammo bu to‘g‘rida turli fikrlarning mavjudligi, xususan, ng harfiy birikmaning saqlab qolingani, s harfining kiritilish-kiritilmasligi, qolaversa, yumshoq unlilar xususida yangi fikrlar paydo bo‘lgani ko‘pchilikda milliy alifbo bo‘yicha hanuz biroz xavotir uyg‘otgani, shubhasiz.
Yaponlarda "Umring davomida ikki alifboni o‘rganishdan o‘zingni saqla", degan hikmat bor. Bu ayni holatning nechog‘lik mashaqqatli ekanligiga ishora bo‘lsa kerak. Afsuski, bu ibora o‘ttiz yildirki, o‘z yechimini topmayotgan o‘zbek alifbosining taqdiriga ham taalluqli.
Albatta, dunyoda birorta alifboni mukammal deb bo‘lmaydi, har qanday alifbo ham muayyan kamchiliklarga ega. Ammo yangi o‘zgartishlar asosida tasdiqlangan milliy alifbo turli nuqsonlardan xoli bo‘lsa, men kabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘quvchilarni savodga o‘rgatishda turli ikkilanishlarga duch kelmaydi.
Sulaymon MARDIYeV
Manba: Zarnews.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”