Samarqandda fojea: 3 yoshli bola suvga cho‘kib vafot etdi

Samarqandda fojea: 3 yoshli bola suvga cho‘kib vafot etdi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida achinarli hodisa yuz berdi — 3 yoshli bola suv havzasiga tushib ketishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea 5 iyun kuni “Sarbozor” MFY hududida joylashgan “Yulduzcha” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan. 2023 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi muassasa yaqinidagi umumta’lim maktabi hududida favqulodda holatlar uchun qurilgan suv havzasiga tushib ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa ehtiyotsizlik oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Afsuski, bola suvdan chiqarib olinganiga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Hozirda ushbu fojeali holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Mutasaddilar hodisa sabablarini aniqlash ustida ish olib bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar