Norvegiyada qirollik oilasi a’zosi zo‘rlashda ayblanib 40 ta ayblov bilan qamaldi

Norvegiyada qirollik oilasi a’zosi zo‘rlashda ayblanib 40 ta ayblov bilan qamaldi

Norvegiya valiahd malikasining o‘g‘li ikki marta zo‘rlash jinoyatida aybdor deb topildi. Oslo sudi 15 iyun kuni uni to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar berdi.

29 yoshli Marius Borg Hoybi o‘z aybini tan olmagan. U sud qarori ustidan shikoyat qilish huquqiga ega. U valiahd malika Mette-Maritning valiahd shahzoda Haakon bilan nikohidan oldingi munosabatlaridan dunyoga kelgan o‘g‘li hisoblanadi.

Sariq sochli, kapalak-bo‘yinbog‘ taqqan yigit tadbirda o‘tiribdi.

Hoybiga jami 40 ta ayblov qo‘yilgan edi. Ushbu jinoyatlar bo‘yicha eng yuqori jazo 16 yillik qamoqni nazarda tutadi. Zo‘rlash bilan bog‘liq ayblovlar 2018 va 2024 yillar oralig‘ida to‘rt nafar ayolga nisbatan sodir etilgan. Jabrlanuvchilar o‘sha paytda uxlab yotgan yoki o‘zini himoya qila olmaydigan holatda bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Prokuror unga yetti yilu yetti oy qamoq jazosi tayinlashni so‘ragan edi. Himoya tomoni esa Hoybini zo‘rlash ayblovlaridan oqlashni talab qildi va u tan olgan qilmishlari uchun eng ko‘pi bilan 18 oy jazo olishi kerakligini bildirdi.

Prokuratura Hoybini “o‘zi xohlaganini qilishga haqliman, deb o‘ylaydigan shaxs” sifatida ta’rifladi. 29 yoshli shaxzodaning o‘zi esa “uxlab yotgan ayollar bilan jinsiy aloqa qilish odati yo‘qligini” aytdi. Shu bilan birga u ommaviy axborot vositalarini o‘zini “hayvon” sifatida ko‘rsatishda aybladi.

Norvegiyada qirollik oilasi a’zosi zo‘rlashda ayblanib 40 ta ayblov bilan qamaldi

Sud uni sobiq sevgilisiga nisbatan uy sharoitidagi zo‘ravonlik, tahdid qilish va yo‘l harakati qoidalarini buzishda ham aybdor deb topdi. Biroq qolgan ikki zo‘rlash ayblovi bo‘yicha u oqlandi.

Yetti hafta davom etgan sud jarayoni Norvegiyada katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Tinglovlarda Hoybining giyohvand moddalarga qaramligi haqida ham so‘z yuritildi. Dalil sifatida jinsiy aloqa tasvirlangan videolavhalar va 800 dan ortiq sms-xabarlar taqdim etildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar