Toshkentda uy oldida turgan Nexia-3 yonib ketdi

Toshkentda uy oldida turgan Nexia-3 yonib ketdi

Toshkent shahrida yengil avtomobil bilan bog‘liq yong‘in holati qayd etildi. Hodisa 14 iyun kuni kechki payt, soat 19:12 atrofida Shayxontohur tumani Maorif ko‘chasidagi 58-uy oldida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uy oldida to‘xtab turgan Nexia-3 rusumli avtomobilda kutilmaganda yong‘in kelib chiqqan. Voqea haqida xabar kelib tushgach, qutqaruvchilar tezkor ravishda harakatga kelib, oradan atigi 5 daqiqa o‘tib — soat 19:17 da hodisa joyiga yetib borishgan.

Yong‘in qisqa vaqt ichida bartaraf etilib, olovning boshqa transport vositalari yoki yaqin atrofdagi hududlarga tarqalishining oldi olingan. Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlarining tezkor harakati tufayli katta talafotlarning oldi olindi.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar