Fuqarolar manfaati – adolat mezoni

Majburiy ijro byurosining Yuqorichirchiq tuman bo‘limi tomonidan hujjatlar ijrosini ta’minlash, aholi, jamiyat va davlat korxonalari manfaatlarini himoya qilish borasidagi amaliy choralar ko‘rib borilmoqda.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining qaroriga asosan, qarzdor A.Oxunovdan undiruvchi R.Xakimovaxon foydasiga voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun ¼ qism aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Yuqorichirchiq tuman bo‘limida ijro ishi yuritilgan.
Qarzdor vaqtincha ishsizligi hamda qisman to‘lovlarni amalga oshirib kelganligi sababli, qoldiq summalar qarzdorlikni vujudga keltirgan. Natijada shu kunga qadar aliment to‘lovlari yig‘ilishi natijasida qarzdorlik 58 206,4 ming so‘mni tashkil etgan.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor A.Oxunovdan 19.05.2026 yilda shu kungacha to‘planib qolgan jami 58 206,4 ming so‘m aliment qarzdorligi undiruvchi foydasiga to‘liq undirilib, undiruvchiga tegishli bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Yuqorichirchiq tumani sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor korxonadan undiruvchi "HUDUDGAZTA'MINOT" AKSIYADORLIK JAMIYATI foydasiga 229.144,6 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Yuqorichirchiq tumani bo‘limida ijro ishi yuritilgan.
Ijro harakatlari davomida 19.05.2026 yilda ijro hujjatida ko‘rsatilgan 229.144,6 ming so‘m qarzdorlik pullari to‘liq undirilib, undiruvchi "HUDUDGAZTA'MINOT"AJning tegishli hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 26.10.2024 yildagi qaroriga asosan, qarzdor A.Namdan undiruvchi N.Nam foydasiga voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun ¼ qism aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Yuqorichirchiq tuman bo‘limida ijro ishi yuritilgan.
Qarzdor tashabbusiga ko‘ra voyaga yetmagan farzandi voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment summasi hisoblanib, 124 566,6 ming so‘mni tashkil etgan.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor A.Nam o‘z xohishiga ko‘ra farzandi voyaga yetguniga qadar bo‘lgan jami 124 566,6 ming so‘m aliment pullari undiruvchi foydasiga to‘liq undirilib, undiruvchiga tegishli bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazilishi ta’minlandi.






























Izohlar 0
…