Samarqandda Damas ishtirokidagi YTH muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Voqea vaqtida Damas haydovchisi bir nechta transport vositasini ortda qoldirish maqsadida xavfli manyovrni amalga oshirgani oqibatida halokat yuz bergan.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 9 iyun kuni soat 18:10 atrofida Paxtachi tumanidagi “Mirza Olim” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 138-kilometrida sodir bo‘lgan.
Tarqalgan videolarda Damas haydovchisi o‘zidan oldin harakatlanayotgan avtomobillarni quvib o‘tish uchun asfalt qoplamasi mavjud bo‘lmagan yo‘l chetidan harakatlangani aks etgan. Biroq yuqori tezlik va noqulay yo‘l sharoiti tufayli haydovchi transport vositasi ustidan nazoratni yo‘qotgan.
Natijada Damas shu yo‘nalishda harakatlanayotgan yuk avtomobilining orqa qismiga kelib urilgan.
Hodisa oqibatida 35 yoshli haydovchi turli tan jarohatlari olib, tibbiyot muassasasiga olib ketilgan.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.





























Izohlar 0
…