17:50 / 10.08.2020
2 725

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari “Xalqaro armiya o‘yinlari — 2020”ga yetib bordi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari “Xalqaro armiya o‘yinlari — 2020”ga yetib bordi
Toshkent xalqaro aeroportidan samolyot Moskva shahriga uchishni boshladi. Harbiy xizmatchilarda safar tadorigi bilan uyqu kam bo‘lganiga qaramay pinakka ketgisi kelmaydi. Ularga musobaqalar oldi bildirilgan yuksak ishonchga munosib javob qaytarish hissi uyqu bermaydi.

Chirchiq poligonidagi xalqaro armiya o‘yinlariga ketish tayyorgarligi jarayonining o‘zida qanchalar katta umid bildirildi. Qolgan yurtdoshlarimizning aytilmagan izhorlari qancha!? To‘g‘ri ularning orasida afsonaviy desak mubolag‘a bo‘lmaydigan qahramonlar bor. Lekin raqibni zaif bilish mag‘lubiyatga sabab bo‘lishi isbot talab qilmaydigan haqiqat.

Mudofaa vaziri general-mayor Baxodir Kurbonovning har bir jamoa bilan alohida suhbatlashib, ularga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatdi, omad tiladi.

Samolyot ham yigitlarning shijoatiga hamohang manzil sari jadallaydi. Hash-pash deguncha bulutlarga yetib oldi, keyin ulardan-da yuksakladi. Bulutlar ortidan kurrai zamin ko‘z ilg‘amas ko‘zga tashlanadi. Lekin ona Vatan berayotgan taft musobaqa ishtirokchilariga beqiyos kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Tong yorishib ko‘k toqida yolg‘iz qolgan oy Vatanning sara o‘g‘lonlari jamlangan uchoqni havas-la kuzatadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining ma’lum qilishicha, vakillarimiz Moskva shahriga yetib borgan. Xalqaro armiya o‘yinlarida faqat faxrli o‘rinlarni egallashni maqsad qilgan harbiy xizmatchilar belgilangan hududlarga taqsimlandi.

Kelgusi jarayonlar haqida sizlarni tanishitirb boramiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari “Xalqaro armiya o‘yinlari — 2020”ga yetib bordi