18:00 / 29.04.2021
2 299

Jinoyatga jazo muqarrar


2020 yilning 1 oktabr kuni DXX Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yangiqo‘rg‘on tumanining “Qizilyozi” mahallasi hududidan o‘tuvchi “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasi yaqinida joylashgan nazorat o‘tkazish maskanida, mahalliy fuqaro A.Yuldashev boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatiladi. Tekshiruv jarayonida avtomashinaning uzatmalar qutisi g‘ilofi orasiga yashirib qo‘yilgan 938.400 rossiya rubli va 486.000 qirg‘iz somi borligi aniqlanadi.

Holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida olib borilgan tergov harakatlari davomida ma’lum bo‘lishicha, 2020 yilning sentabr oyi oxirlarida qirg‘izistonlik “Kanibek” ismli shaxs Kosonsoy tumani bozorida mahalliy fuqaro, muqaddam sudlangan O.Raxmonov bilan ko‘rishib, unga yuqorida ko‘rsatilgan rossiya rubli va qirg‘iz somini bergan hamda vaqtincha saqlab turishini iltimos qilgan.

2020 yilning 1 oktabr kuni “Kanibek” O.Raxmonov bilan bog‘lanib, pullarni Qirg‘izistonga o‘tkazib berishi kerak bo‘lgan Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi A.Yuldashevdan berib yuborishini so‘ragan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudining hukmiga ko‘ra, O.Raxmonov va A.Yuldashev Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan aybdor deb topilib, ularning har biriga 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ashyoviy dalil sifatida olingan 938.400 rossiya rubli va 486.000 qirg‘iz somi davlat foydasiga musodara qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jinoyatga jazo muqarrar