Haqiqiy qahramonlik: Yonayotgan uydan 6 farzandini qutqarish uchun kirgan onaning o‘zi 93 foizli kuyish oldi

2019 yil sentyabr oyida olti farzandi bilan uyda yolg‘iz qolgan ona kuchli yong‘in ichidan o'z bolalarini qutqarib qoldi. Qalin tutun va olov orasiga qayta-qayta kirib, barcha farzandlarini olib chiqqan ayol tanasining 93 foizli kuyish jarohatini oldi. Uzoq vaqt shifoxonada davolangan qahramon ona hushiga kelganida birinchi bo‘lib farzandlarining tirikligini so‘radi.
2019 yil sentyabr oyida olti farzandi bilan uyda yolg‘iz qolgan ayol hayotining eng og‘ir sinoviga duch keldi. Bir necha daqiqa ichida uyi kuchli yong‘in ichida qoldi.
U xavfsiz joyga chiqib ketishi mumkin edi. Ammo ona farzandlarini tashlab ketmadi. Qalin tutun va olov orasiga qayta-qayta kirib, har safar bir bolasini olib chiqdi.
Bu jasorat unga juda qimmatga tushdi. Ayol tanasining katta qismidan kuyish jarohatlari olib, uzoq vaqt shifoxonada davolandi.
Ammo u hushiga kelganida o‘z ahvoli haqida emas, birinchi bo‘lib farzandlarini so‘radi: “Farzandlarim tirikmi?”
U barcha bolalarini qutqarib qoldi. Ba’zan haqiqiy qahramonlik katta gaplarda emas, onaning farzandi uchun jonini xavfga qo‘yishida namoyon bo‘ladi.































Izohlar 0
…