Chevrolet Onix avtomobillari savdosi bilan bog‘liq muhokamalar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘paymoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Xitoydan olib kirilgan Chevrolet Onix avtomobillari savdosi bilan bog‘liq muhokamalar ko‘paymoqda.
Foydalanuvchilarning yozishicha, ushbu avtomobillarni sotish ayrim egalari kutganidek oson kechmayapti. Ba’zi sotuvchilar xaridor topish maqsadida narxni sezilarli darajada pasaytirishga ham tayyor ekani aytilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, ayrim holatlarda Onix narxi 5–6 ming dollargacha tushirilgani haqida fikrlar bildirilmoqda. Shunga qaramay, bozorda bu modelga qiziqish yuqori emasligi ta’kidlanmoqda.
Internet foydalanuvchilari bunga turlicha sabablar keltirmoqda. Kimdir avtomobilning kelib chiqishi va ehtiyot qismlari masalasini tilga olsa, boshqalar bozordagi umumiy talab pasaygani yoki xaridorlar boshqa modellarga ko‘proq qiziqayotganini aytmoqda.































Izohlar 0
…