Navoiyda oyoqqa yopishqoq lenta bilan yashirilgan dorilar aniqlandi

Navoiyda oyoqqa yopishqoq lenta bilan yashirilgan dorilar aniqlandi
Qisqacha

"Navoiy" chegara bojxona posti orqali mamlakatimizga kirib kelgan fuqaroning oyoqlariga skotch bilan o'rab yashirilgan 277 dona dori vositasi borligi aniqlandi. Mazkur dorilar og'zaki so'rovda aytilmagan va bojxona deklaratsiyasida ko'rsatilmagan bo'lib, dastlabki ma'lumotlarga ko'ra ularni qayta sotish maqsadida olib kirishgan. Qiymati 8 million so'mdan ziyod deb baholanayotgan ushbu dori vositalari bo'yicha hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

"Navoiy" chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaro nazoratdan o‘tkazildi.

Shaxsiy ko‘rik vaqtida uning oyoqlariga skotch bilan o‘rab yashirilgan 277 dona turli dori vositalari borligi aniqlandi.

Ushbu dorilar og‘zaki so‘rovda aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ham ko‘rsatilmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, dorilar qayta sotish maqsadida olib kirilgan. Ularning umumiy qiymati 8 million so‘mdan ziyod baholanmoqda.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar