“Kechasi bo‘lsa ham ovqat tayyorlashga erinmayman” - Umidaxondan hayotiy iqrorlar

Xonanda Umidaxon bergan intervyusida oilaviy hayoti, turmushdagi qarashlari va yaqinlariga bo'lgan munosabati haqida gapirdi. Uning so'zlariga ko'ra, xonadonida ortiqcha nazorat va qayerda yurganini so'roq qilish odati mavjud emas. San'atkor oila a'zolariga g'amxo'rlik qilish majburiyat emasligini, aksincha, o'z xohishi bilan erta qaytishga harakat qilishini ta'kidladi.
Xonanda Umidaxon intervyularidan birida oilaviy hayoti va turmushdagi qarashlari haqida samimiy fikrlarini bildirdi.
San’atkorning aytishicha, oilasida ortiqcha nazorat yoki so‘roq qilish odati yo‘q. Aksincha, u o‘z xohishi bilan imkon qadar uyiga erta qaytishga va yaqinlarini kutib olishga harakat qiladi.
“Uyga tezroq kel, deb majburlashmaydi. Men o‘zim ulardan oldinroq uyga borishga harakat qilaman. Bizda qayerda yuribsan, nega kech qolding degan ortiqcha savollar bo‘lmaydi”, — deydi xonanda.
Umidaxonning ta’kidlashicha, oila a’zolariga g‘amxo‘rlik qilish uning uchun majburiyat emas, balki ichki ehtiyoj hisoblanadi.
“Yarim kechasi bo‘lsa ham taom tayyorlashga erinmayman. Ovqat pishirishni yaxshi ko‘raman”, — deya qo‘shimcha qilgan u.































Izohlar 0
…