“Tanishlarim orqali ishga joylashtiraman” degan firibgar ushlandi

Buxoro viloyatida fuqaroni Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimiga ishga joylashtirishni va'da qilib, 3 500 AQSH dollari talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Ma'lum bo'lishicha, fuqaro A.A. o'zini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari bor deb tanishtirib, imtihonlardan o'tkazib qo'yishni aytgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi so‘ralgan pulni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Buxoro viloyatida fuqaroni ishga joylashtirishni va’da qilib pul olgan shaxs qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.A. o‘zini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari bor deb tanishtirib, bir fuqaroni Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.
U shuningdek, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tishga yordam berishini aytib, buning evaziga 3 500 AQSH dollari talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi so‘ralgan pul mablag‘ini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan firibgarlik va pora berish bilan bog‘liq moddalar asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.































Izohlar 0
…