Meksika prezidenti FIFA'ni chiptalari narxi keskin oshgani uchun tanqid qildi

Meksika prezidenti FIFA'ni chiptalari narxi keskin oshgani uchun tanqid qildi
Qisqacha

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati chiptalari narxi keskin oshgani sababli FIFA'ni tanqid ostiga oldi. Ma'lumotlarga ko'ra, rasmiy sotuvda ayrim chiptalar narxi 32 970 dollargacha yetgan bo'lsa, qayta sotish bozorida bu ko'rsatkich 2,3 million dollargacha ko'tarilgan. Prezidentning ta'kidlashicha, bunday yuqori narxlar oddiy muxlislarni turnirni tomosha qilish imkoniyatidan mahrum qilishi mumkin.

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati chiptalari narxi keskin oshgani uchun FIFA'ni tanqid qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim chiptalar rasmiy sotuvda 32 970 dollargacha yetgan, qayta sotish bozorida esa narxlar 2,3 million dollargacha ko‘tarilgan.

Sheynbaumning ta’kidlashicha, bunday qimmat narxlar oddiy muxlislarni jahon chempionatini tomosha qilish imkoniyatidan mahrum qilishi mumkin.

“Futbol boshqacha bo‘lishi kerak. Bu FIFA jiddiy o‘ylab ko‘rishi lozim bo‘lgan masala”, — dedi Meksika prezidenti.

Uning fikricha, futbol faqat boylar uchun emas, balki butun dunyo xalqlarini birlashtiradigan ommaviy sport turi bo‘lib qolishi kerak.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar