Navoiyda savdo do‘konlari va omborxonada yirik yong‘in chiqdi

Navoiyda savdo do‘konlari va omborxonada yirik yong‘in chiqdi
Qisqacha

Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida oziq-ovqat va qurilish mollari sotiladigan do'konlar hamda omborxonada yirik yong'in yuz berdi. Hodisa 16 iyun kuni soat 18:35 da "Mustaqillik" mahallasi Amir Temur ko'chasida joylashgan "El Baraka Ul Haq" MCHJ va "Lider Bazar" YATTga tegishli hududda qayd etildi.

Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida oziq-ovqat va qurilish mahsulotlari sotiladigan savdo do‘konlari hamda omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 16 iyun kuni soat 18:35 da “Mustaqillik” mahallasi Amir Temur ko‘chasida joylashgan “El Baraka Ul Haq” MCHJ hamda “Lider Bazar” YATTga tegishli oziq-ovqat va qurilish mollari do‘konlari hamda omborxona yonayotgani haqida FVBga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga Uchquduq tumani FVB, NKMK AJ va “Navoiyuran” DKning yong‘in-qutqaruv bo‘linmalaridan jami 6 ta maxsus ekipaj jalb qilingan.

Qutqaruvchilar hodisa joyiga soat 18:38 da yetib borib, soat 19:06 da yong‘inni qurshab olgan va soat 20:05 da to‘liq bartaraf etgan.

Yong‘in oqibatida savdo do‘konlari va qurilish mahsulotlari saqlangan hududning taxminan 300 kvadrat metr qismi zararlangan. Shu bilan birga, 2 ming kvadrat metr maydon yong‘indan saqlab qolingan.

Hozircha tan jarohati olgan fuqarolar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar