Toshkentdagi dahshatli YTH uch inson umriga zomin bo‘ldi

Toshkentdagi dahshatli YTH uch inson umriga zomin bo‘ldi

Toshkent shahrida sodir bo‘lgan og‘ir yo‘l-transport hodisasi uch nafar insonning hayotiga nuqta qo‘ydi. Mudhish to‘qnashuv poytaxtning Uchtepa tumani hududida joylashgan chorrahalardan birida ro‘y bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 16 iyun kuni soat 03:10 atrofida Toshkent halqa avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi chorrahada chap tomonga burilish vaqtida qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan BYD bilan to‘qnashgan.

Tekshiruvlar davomida BYD avtomobilini voyaga yetmagan shaxs boshqarib kelgani ma’lum bo‘ldi. Aytilishicha, u hali haydovchilik guvohnomasini olmagan bo‘lgan.

To‘qnashuv juda kuchli bo‘lgani sababli Lacetti haydovchisi hamda avtomashinada bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi og‘ir jarohatlar olgan va ularning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Hodisa joyidan olingan tasvirlarda avtomobillar qattiq shikastlangani, ehtiyot qismlar yo‘l bo‘ylab sochilib ketgani ko‘rinadi. Shuningdek, kuchli zarba ta’sirida yo‘l chetidagi bekat inshootiga ham zarar yetgan.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda voqeaning barcha sabab va tafsilotlarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar