Mashhur aktyor Jeki Channing o‘zbek do‘ppisini kiygan videosi tarmoqlarda tarqaldi

Mashhur aktyor Jeki Channing o‘zbek do‘ppisini kiygan videosi tarmoqlarda tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur aktyor Jeki Chan ishtirokidagi video keng tarqalmoqda. Unda o‘zbek blogerlaridan biri aktyorga O‘zbekistonning milliy do‘ppisini sovg‘a qilgani aks etgan.

Videoda Jeki Chan sovg‘ani samimiy tabassum bilan qabul qilgani va bloger bilan iliq muloqot qilgani ko‘rinadi. Shundan so‘ng bloger aktyordan do‘ppini boshiga kiyib ko‘rishni so‘ragan.

Mashhur aktyor ushbu iltimosni mamnuniyat bilan qabul qilib, milliy do‘ppini kiygan holda suratga ham tushgan. Ushbu lahzalar qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketdi.

Mashhur aktyor Jeki Channing o‘zbek do‘ppisini kiygan videosi tarmoqlarda tarqaldi

Foydalanuvchilar izohlarda Jeki Channing samimiyligi va o‘zbek milliy qadriyatlariga hurmat bilan munosabat bildirganini alohida ta’kidlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar