Shri Devining katta qizi premyerada qo‘rqinchli vaziyatga tushdi!

Hindiston kino sanoatining taniqli hind aktrisasi Shri Devining katta qizi aktrisa Janvi Kapur ishtirok etgan yangi film premyerasi kutilmagan va xavfli vaziyat bilan esda qoldi.
Tadbir davomida u yonida mashhur aktyor Ram Charan o‘tirgan paytda, muxlislardan biri sahnaga yaqinlashib, hayajon va tartibsizlikka sabab bo‘lgan qattiq harakatni amalga oshirgan.
Agar aktyor qo‘riqchilari tezkorlik bilan aralashmaganida, vaziyat yanada og‘irlashishi mumkin edi. Tezkor xavfsizlik xodimlari muxlisni darhol sahnadan olib chiqib ketgan.
Bu holatni ko‘rgan Janvi Kapur esa kutilmagan vaziyatdan ancha hayratga tushgani va qo‘rqib ketgani aytilmoqda. Tadbir qisqa muddatga to‘xtab qolgan.
Voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, mashhurlar ishtirokidagi tadbirlarda xavfsizlik masalasi yana bir bor dolzarb mavzuga aylangan.





























Izohlar 0
…