Aziza Yakubovaning turmush o‘rtog‘i qamoqdan chiqdi

Aktrisa Aziza Yakubovaning turmush o‘rtog‘i ozodlikka chiqdi. Uning yaqinlari va farzandlari bilan uchrashuvi hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, aktrisa oila a’zolarining quvonchli uchrashuvi aks etgan videoni Instagram sahifasida e’lon qilgan. Videoda yaqinlari uni ko‘z yoshlari bilan kutib olgani aks etgan.
Ushbu xabar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar Azizaga turmush o‘rtog‘i bilan yarashish va munosabatlarini qayta tiklash uchun yana bir imkoniyat berishni tavsiya qilishgan.
Aktrisa esa kuzatuvchilarning maslahatlariga javoban: «O‘ylab ko‘raman», deb yozgan.
Endi muxlislar Aziza Yakubovaning qanday qaror qabul qilishini kutmoqda.






























Izohlar 0
…