Mehribonlik uyidan katta sahnaga: Aziza Begmatova 83 yoshda (video)

Mehribonlik uyidan katta sahnaga: Aziza Begmatova 83 yoshda (video)

O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Aziza Begmatova 7 sentyabr kuni 83 yoshni qarshi oldi. San’atkorning tavallud kuni munosabati bilan uning yaqinlari va muxlislari samimiy tilaklarini bildirmoqda.

Aziza Begmatova 1943 yil 7 sentyabr kuni Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. Bolaligi urush yillariga to‘g‘ri kelgan aktrisa 14 yoshigacha Denovdagi mehribonlik uyida tarbiyalangan.

Yoshligida san’atga qiziqqan Aziza Begmatova atigi uch so‘m pul bilan o‘qish uchun poytaxtga yo‘l olgan. Keyinchalik u o‘zining iste’dodi va mehnati bilan o‘zbek san’ati va kinosida munosib o‘rin egalladi. Tomoshabinlar uni, ayniqsa, turli asarlardagi yorqin “checha” obrazi orqali yaxshi biladi.

Aktrisaning tavallud kuni haqida uning nevarasi, xonanda Izzat Shukurov Instagram sahifasida ma’lum qildi. U buvijonini samimiy so‘zlar bilan tabriklab, shunday yozgan:

“Bugun, 7 sentyabr — O‘zbekiston xalq artisti, bizning aziz va mehribon insonimiz — Azizaxonim Begmatovaning tavallud ayyomlari!

Baxtimizga doimo sog‘-salomat, uzoq umr ko‘rib, el-yurt ardog‘ida ko‘p yillar davomida yurishlari nasib etsin.

Siz bizning eng katta faxrimiz, oilamizning bebaho boyligi va baxtimizsiz. Sizdek buyuk insonning nevarasi ekanligimdan doimo faxrlanaman!

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, buvijon!”

Izzat Shukurovning ushbu tabrigiga kuzatuvchilar ham befarq qolmadi. Izohlarda ko‘plab muxlislar Aziza Begmatovani tavallud kuni bilan qutlab, unga uzoq umr, mustahkam sog‘lik va oilaviy xotirjamlik tilagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar