Aziza Axralxo‘jayeva yangi yoshini qanday kutib oldi?

Aktrisa Aziza Axralxo‘jayeva Instagram sahifasida joylagan suratlari orqali kecha, 19 avgust kuni yana bir yoshni qarshi olganini ma’lum qildi. Aktrisa uchun bu sana o‘zgacha kun bo‘lib, u yangi yoshini “Alhamdulillah” degan yozuv bilan qarshi olgan.
Suratlardan ko‘rinishicha, Aziza tavallud kunini dabdabali bayram bilan emas, balki oila a’zolari davrasida, samimiy va iliq muhitda nishonlagan. Ushbu lahzalar uning muxlislariga ham manzur bo‘lib, post ostida ko‘plab kuzatuvchilar aktrisani tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, ezgu tilaklarini yo‘llagan.

So‘nggi vaqtlarda Aziza Axralxo‘jayeva mashhur multfilm qahramonlari qiyofasida ko‘rinish berib, o‘ziga xos obrazlari bilan ko‘pchilik e’tiborini tortib kelmoqda.






























Izohlar 0
…