Shahzoda Muhammedova turmush o‘rtog‘i haqida kutilmagan gaplarni aytdi (video)

1 daqiqa o'qish3.4K
Shahzoda Muhammedova turmush o‘rtog‘i haqida kutilmagan gaplarni aytdi (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Dizayner va boshlovchi Shahzoda Muhammedova "Chefbook" ko‘rsatuvida teleboshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva bilan birga taom tayyorlash jarayonida turmush o‘rtog‘ining xarakteri va oiladagi talabchanligi haqida so‘zlab berdi.
  • Shahzodaning aytishicha, uning jufti ovqat tayyorlashda barcha masalliqlar ustining terisini shilib tashlashni talab qiladi va ovqatlanish paytida uni restorandagi ofitsiantdek to‘xtovsiz turli yumushlarga band qiladi.

Dizayner va boshlovchi Shahzoda Muhammedova "Chefbook" ko‘rsatuvida teleboshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva bilan birga taom tayyorlash jarayonida turmush o‘rtog‘i haqida qiziqarli fikrlarini bildirib o‘tdi.

Baliq tayyorlayotib, uning terisini shilayotgan Shahzoda avval turmush o‘rtog‘i uchun baliqning terisini olmay pishirganini aytdi. Biroq jufti taomlarning ustki qismini doim olib tashlashni so‘ragani sababli vaqt o‘tishi bilan bunga o‘rganib qolganini ta’kidladi.

“To‘g‘risini aytsam, turmush o‘rtog‘imga taom tayyorlasam, avval baliqning terisini shilmasdim. Ammo ular hamma narsaning ustini shildiraverganlaridan keyin, oxiri shiladigan bo‘lib ketdim. Tovuqni, kolbasani kessam ham, ustini shildiraveradilar”, — dedi u.

Suhbat davomida Nilufar Sotiboldiyeva ham Shahzodaning turmush o‘rtog‘i bilan suhbatlashganini eslab, uning xarakteriga o‘z bahosini berdi.

“Shahzodaning turmush o‘rtog‘i bilan ham suhbatda bo‘lganmiz. Juda talabchan, qattiqqo‘l. Nazarimda, uy ishlarida ham yuqori bir planka qo‘ygan bo‘lsalar kerak”, — dedi boshlovchi.

Shundan so‘ng Shahzoda turmush o‘rtog‘ining kundalik hayotdagi talabchanligini yanada batafsilroq ochib berdi. Uning aytishicha, turmush o‘rtog‘i ovqatlanayotgan paytda ham Shahzoda o‘zini go‘yo restorandagi ofitsiantdek his qiladi.

“Qachonki turmush o‘rtog‘im nonushta yoki tushlik qilayotgan bo‘lsalar, tepalarida xuddi ofitsant kabi turaman. Er-xotin o‘tirib, mazza qilib gaplashib o‘tira olmaymiz. Chunki doim nimadir kerak bo‘ladi”, — deya hazil qildi Shahzoda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i undan qalampirni muzlatkichdan olib berish, sochiq keltirish yoki choyni almashtirish kabi turli iltimoslarni tez-tez so‘raydi.

“Ko‘k choy damlagan bo‘lsam, 'qora choy damlab yuboring, qora choy xohlab qoldim', deydilar. Yoki bu liderlikning jihatlari shunaqami, hamma xodimlariga ish buyuraverib o‘rganib qolganlaridanmi, bilmadim”, — dedi Shahzoda.

Ushbu samimiy suhbat ijtimoiy tarmoqlarda ham qiziqish uyg‘otishi mumkin. Shahzodaning turmush o‘rtog‘i haqidagi hazil aralash fikrlari uning oilaviy hayotidan muxlislarga o‘ziga xos tasavvur berdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?