Shakira Markaziy Osiyoga ilk bor tashrif buyuradi: Bishkekda konsert berishi kutilmoqda

Tadbir Shakiraning "Las Mujeres Ya No Lloran World Tour" gastrol safari doirasida tashkil etiladi. Mazkur chiqish xonandaning Markaziy Osiyodagi ilk konserti bo‘lishi kutilmoqda.
Konsert dasturidan Shakiraning dunyo miqyosida mashhur bo‘lgan qo‘shiqlari o‘rin olishi kutilmoqda. Jumladan, muxlislar "Hips Don't Lie", "Waka Waka" va "Whenever, Wherever" kabi hitlarni jonli ijroda tinglash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, konsert chiptalari savdosi 1-oktyabr kuni soat 08:00da boshlanadi. Chiptalar narxi joylashuv va toifaga qarab 137 dollardan 458 dollargacha bo‘lishi aytilmoqda.
Shakiraning Bishkekdagi konserti nafaqat Qirg‘iziston, balki qo‘shni davlatlardagi muxlislar uchun ham qiziq voqea bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, O‘zbekistonlik muxlislar uchun Bishkek jahon yulduzining konsertini mintaqada tomosha qilish mumkin bo‘lgan yaqin manzillardan biriga aylanishi mumkin.































Izohlar 0
…