Shakira Qirg‘izistonga keldi: bugun Bishkekda konsert beradi (video)

Dunyoga mashhur kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakira 18 oktyabrga o‘tar kechasi Qirg‘izistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Qirg‘izistonning Kabar davlat axborot agentligi xabar berdi.
San’atkor Bishkekdagi «Manas» xalqaro aeroportida Qirg‘iziston prezidenti administratsiyasi axborot siyosati xizmati rahbari Dayirbek Orunbekov hamda prezident ishlar boshqaruvchisi birinchi o‘rinbosari Boobek Salimjanov tomonidan kutib olindi.
Bugun, 18 oktyabr kuni soat 19:00 da Bishkek Arena stadionida Shakiraning Las Mujeres Ya No Lloran World Tour jahon gastrol safari doirasidagi konserti bo‘lib o‘tadi. Bu xonandaning Markaziy Osiyodagi ilk konserti hisoblanadi.
Tomoshabinlar "Hips Don't Lie", "Waka Waka" va "Whenever", "Wherever" kabi mashhur xitlar hamda xonandaning yangi qo‘shiqlarini tinglashlari kutilmoqda.






























Izohlar 0
…