
«O‘zbekkino» Milliy agentligi qoshidagi Badiiy kengash a’zolarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibidan jami 7 ta masala o‘rin oldi, deb yozadi Kun nashri.
Ulardan biri mualliflar Madina Mo‘minova va Rustam Sa’diyevning «Baron-2» nomli ikki qismli badiiy filmga mo‘ljallangan adabiy ssenariy loyihasi taqdimoti bo‘ldi.
Qayd etilishicha, «Baron-2» filmi loyihasiga chet ellik taniqli kinoaktyorlar jalb etilmoqda, filmning o‘zini esa bir qator xorijiy mamlakatlar hududida tasvirga olish ko‘zda tutilmoqda.

Rejissyor Rustam Sa’diyev mazkur loyiha ilk «Baron» filmi kabi tomoshabinlar ko‘nglidan joy olishiga va xalqaro miqyosda ham nom qozona olishiga umid bildirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur loyiha uchun Buyuk Britaniya, Ispaniya, Rossiya, Turkiya, Ozarboyjon, Suriya, Qozog‘iston va Tojikiston kabi davlatlardan aktyorlar taklif etilishi rejalashtirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar