1 796
Alisher Uzoqov Gulnora Karimova davrida bir necha yilga «zapret»ga tushgani haqida soʻzladi

Aktyor Alisher Uzoqov «Chotki TV» YouTube-kanaliga bergan intervyusida 2012 yilda bir necha yilga «zapret»ga tushgani, zapret uni butunlay boshqa insonga aylantirgani haqida soʻzlab berdi.
Kibrga berilgan paytlarim koʻp boʻlgan, rasmga tushaylik, deyishganida ketib qolganman kayfiyatim yoʻq paytlar. Ammo mening kayfiyatim bilan kimning nima ishi bor? Bu kabi holatlar koʻp boʻlgan. Qachon shunaqa boʻlib qolganimni «zapret»ga tushganimda anglaganman. Bu narsa menga juda yaxshi ta'sir qildi. «Zapret»ga tushish meni yaxshi tarafga oʻzgartirdi. «Zapret»dan chiqqanimda boshqa odam boʻlib qolgandim, nazarimda. Ammo haligacha «zapret»ning sababini bilmayman. Hattoki «zapret» qilgan odam kim, nimaga bunday qilganini ham bilmayman. Hamma narsadan cheklov boʻldi. Rol oʻynamadim, oʻynagan filmlarim chiqmadi. Hattoki qaysidir kontsertda mehmon boʻlib oʻtirganimni ham olib tashlashgan vaziyatlar boʻlgan ekan, — deydi aktyor.
Alisher Uzoqovning taxmin qilishicha, uning norasmiy taqiqqa tushishiga Gulnora Karimova tashabbusi bilan har yili an'anaviy tarzda oʻtkazilgan M&TVA taqdirlash marosimida biryoʻla ikki nominatsiyada gʻolib deb topilishi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
Boshlovchining u bunday taqiqdan qanday xulosa chiqargani haqidagi savoliga Alisher shunday javob berdi:
Bilmasam, oxirgi 2012 yil bir emas, ikkita M&TVA’ni olganimda hammani koʻziga koʻrinib qolgan boʻlsam kerak, deb oʻylayman. Ikkita olganim uchun ham koʻzga koʻrinib qoldim, shekilli, menimcha. Aynan meni taqiqqa tushirgan insonlar, u payt meni topish muammo emasdi, Alisher, mana buni qilib qoʻyganding, xatoying shu edi, desa. Men qoʻlini oʻpaman shu odamning, rahmat deyman. Siz meni xatoyimni aytyapsiz, ertaga shuni qilmay, hali yoshman-ku?! Dinimizda ham bor xatosini, kamchiligini aytish. Men har doim aytaman va koʻpchilik xafa ham boʻladi. Yaqinlarimga toʻgʻridan-toʻgʻri aytaman kamchiliklarini, menga aytishmaydi. Haliyam kech emas, oʻsha odam bilsa, chaqirib aytsin. Rahmat, deyman, qaerda edingiz shuncha yildan beri, deyman. Xato qilgan boʻlsam, bilishim kerak, oʻsha xatoni ertaga takrorlamasligim uchun. Yana takrorlashni xohlamayman, chunki hamma ham xato qiladi, — deydi Alisher Uzoqov.
Shuningdek, aktyor Dubayga oilasi bilan ishlash uchun koʻchib ketgani, biroq begona yurtga koʻnika olmay, yana Toshkentga qaytgani haqida ham gapirib oʻtgan.
Bundan tashqari, Alisher Uzoqov «Zo‘r TV» telekanalidan ishdan ketganidan keyin ham bir muddat telekanaldagi hatto oʻz loyihalarida ham taqiqda boʻlganini soʻzlab bergan.
«Bekat» koʻrsatuvida ishtirok etish uchun bormoqchi edim, lekin koʻrsatuv boshlovchisi Jahongir Xoʻjaev men telekanalda «zapret»da ekanligimni aytdi. Bu koʻrsatuv oʻzimning loyiham edi. Lekin bunaqa narsalar mening esimdan chiqib ketadi. Keyinroq Cover up’ga mehmon sifatida chaqirishdi, koʻrsatuvni sogʻinganim uchun bordim. Bundan tashqari, oʻz qoʻshiqlarimning cover versiyasini ham eshitgim keldi, — deydi aktyor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar