Hindistonlik erkak qog‘oz stakanlar kolleksiyasi bilan Ginnes rekordini o‘rnatdi

Hindistonlik erkak qog‘oz stakanlar kolleksiyasi bilan Ginnes rekordini o‘rnatdi
Audio versiyasi

Hindistonlik 57 yoshli erkak noodatiy kolleksiyasi bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirdi. U dunyoning 31 mamlakatidan jami 858 ta turli qog‘oz stakan to‘plagan.

Kolleksiyadagi stakanlar hajmi 5 ml dan 500 ml gacha bo‘lib, ularning har biri turli davlat va brendlarga tegishli. Erkakning aytishicha, bolalikdagi qiziquvchanligi yillar davomida katta ishtiyoqqa aylangan.

U avval ham samolyotga chiqish talonlari, ustara pichoqlari qadoqlari, qahva krujkalari va choy paketlari kabi buyumlarni yig‘ib kelganini aytgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u 2013 yilda ham 5986 ta telefon kartasidan iborat eng yirik kolleksiya egasi sifatida rekord o‘rnatgan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar