Isroil AQSH rasmiylarining suhbatlarini tinglagani aytildi

Isroil AQSH rasmiylarining suhbatlarini tinglagani aytildi

Isroil AQSH prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Pentagon rasmiysi Elbrij Kolbi o‘rtasidagi telefon suhbatlarini tinglagani aytilmoqda. Bu haqda The New York Times manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda AQSH tomoni Isroildan kelishi mumkin bo‘lgan kontrrazvedka tahdidini eng yuqori darajalardan biriga ko‘targan. Vashingtonda Isroil AQSHning Eron bilan aloqalarini kuzatgan bo‘lishi mumkin, degan gumonlar bor.

NYT yozishicha, ikki davlat rahbariyati o‘zaro razvedka faoliyatidan avvaldan xabardor bo‘lgan. Biroq AQSH rasmiylariga ko‘ra, Isroilning Eron bilan muzokaralar bo‘yicha Vashington pozitsiyasini bilishga urinishi “maqbul chegaradan oshib ketgan”.

Isroil elchixonasi esa bu ma’lumotlarni rad etib, mamlakat Amerika rasmiylariga qarshi razvedka faoliyati olib bormasligini ta’kidlagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar