Bog‘chada bolalarga banan faqat surat uchun berilib, so‘ng qaytarib olindi

Bog‘chada bolalarga banan faqat surat uchun berilib, so‘ng qaytarib olindi

Chimkent shahridagi bog‘chalardan birida bolalar bilan bog‘liq noxush holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tarqalgan videolarda tarbiyachilar ovqatlanish vaqtida bolalarga banan berib, suratga olgani, keyin esa mevalarni qaytarib olgani aks etgan.

Shahar ta’lim boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 2026 yil fevral oyida sodir bo‘lgan. Tekshiruv davomida bog‘cha xodimlaridan tushuntirish xatlari olingan va videoda ko‘ringan uch nafar xodim ishdan bo‘shatilgan.

Holat bog‘chadagi videokuzatuv kameralarini ko‘rish vaqtida aniqlangan. Avvalroq bolalardan biri alohida xonaga qamab qo‘yilgani va keyinchalik stoldan yiqilgani aytilmoqda. Shundan so‘ng ota-onalar kamera yozuvlarini ko‘rsatishni talab qilgan.

Hozirda barcha materiallar tegishli idoralarga yuborilgan. Yakuniy qaror vakolatli organlar tomonidan qabul qilinadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar