date

Yangi Toshkent: ikki Parijga teng hudud, rekord favvora va ilk ko‘chishlar

Yangi Toshkent: ikki Parijga teng hudud, rekord favvora va ilk ko‘chishlar

Yangi Toshkent loyihasi hajmi jihatdan dunyoning yirik shaharlariga teng bo‘ladi. Bu haqda qurilish sanoatiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada Business Consulting Group kompaniyasi direktori Pavel Zolotaryov ma’lum qildi. Uning aytishicha, Yangi Toshkentning umumiy maydoni Nyu-Yorkdagi Manxetten yoki ikkita Parij shahri bilan teng bo‘ladi.

Zolotaryov, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida Yangi Toshkent singari yana 8 ta yangi shahar barpo etilishi rejalashtirilganini ta’kidladi. Ularning qurilishi 10–20 yil ichida yakunlanadi.

Yangi Toshkentda dunyodagi eng baland favvoralardan biri qurilishi ham rejalashtirilgan. 232 metr balandlikdagi bu favvora shu yil avgust oyida ishga tushiriladi.

Shahar qurilishi jadallik bilan davom etmoqda va ilk aholi guruhlari 2026 yil dekabr oyida yangi shaharga ko‘chib o‘tishi mumkin. Dastlabki bosqichda og‘ir hayotiy vaziyatga tushganlar hamda davlat muassasalarida ishlovchilar joylashtiriladi, deydi “Yangi Toshkent” direksiyasi vakili Azizbek Omonov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangi Toshkent: ikki Parijga teng hudud, rekord favvora va ilk ko‘chishlar