O‘zbekistonda 1-sinfga qabul jarayoni boshlandi

O‘zbekistonda 1-sinfga qabul jarayoni boshlandi

O‘zbekistonda bolalarni maktablarning 1-sinfiga qabul qilish jarayoni boshlandi. Joriy yilda 2019 yilning 1 yanvaridan 31 dekabrigacha tug‘ilgan bolalar birinchi sinfga qabul qilinadi.

Qabul ikki bosqichda tashkil etiladi. 20 iyundan 31 iyulgacha hujjatlar maktabga biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha qabul qilinadi. Bu davrda ota-onalar farzandini yashash manziliga tegishli maktabga ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

1 avgustdan 15 avgustgacha esa bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan maktablarga mikrohududdan tashqari qabul amalga oshiriladi. Bunda bolani boshqa hududdagi maktabga joylashtirish imkoniyati bo‘sh o‘rinlar soniga bog‘liq bo‘ladi.

Mamlakatning 135 ta tuman va shahrida elektron navbat tizimi joriy etilgan. Ota-onalar arizani «my.maktab.uz» yoki «my.gov.uz» portallari orqali onlayn yuborishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar