Toshkent viloyatidagi chegara bojxona posti zamonaviylashtiriladi

Toshkent viloyatidagi chegara bojxona posti zamonaviylashtiriladi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati «Navoiy» chegara bojxona postiga tutash hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgiladi.

Hozirga qadar mazkur hududda xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan turli xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Biroq xizmatlar sifati va qamrovi talab darajasida emasligi sabab fuqarolar tomonidan ayrim e’tirozlar bildirilgan.

Shu munosabat bilan boshqarma rahbariyati hududga borib, uni zamonaviy talablar asosida rivojlantirish uchun tayyorlangan loyiha bilan tanishdi.

«Bojxona servis» davlat muassasasi ishlab chiqqan loyiha doirasida yo‘lovchilar uchun qulay kutish zallari barpo etish rejalashtirilgan. Shuningdek, sanitariya va gigiyena talablariga javob beradigan yuvinish hamda hojatxona majmualari, qisqa muddat dam olish joylari va boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha amalga oshirilgandan keyin chegara hududida fuqarolar va transport harakati ishtirokchilari uchun sharoitlar yaxshilanishi kutilmoqda. Shu bilan birga, xizmatlar sifati oshirilib, post atrofidagi infratuzilma yangilanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar