Maktab va shifoxonalar yaqinidagi AYOQSHlar xavfsiz hududlarga ko‘chirilishi mumkin

Maktab va shifoxonalar yaqinidagi AYOQSHlar xavfsiz hududlarga ko‘chirilishi mumkin

O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish va gaz to‘ldirish shoxobchalarining xavfsizlik talablariga mosligi keng ko‘lamda o‘rganiladi. Hukumat qaroriga ko‘ra, maktablar, bolalar bog‘chalari, shifoxonalar va turar joy massivlariga juda yaqin joylashgan AYOQSH, AGTKSH hamda AGQSHlar bo‘yicha maxsus reyestr shakllantiriladi.

Tekshiruv davomida obyektlarning amaldagi me’yorlarga qay darajada javob berishi baholanadi. Xavfsizlik talablarini buzgan yoki ijtimoiy obyektlarga me’yordan ortiq yaqin qurilgan shoxobchalar bo‘yicha alohida takliflar tayyorlanadi.

Ko‘rib chiqilayotgan choralar orasida bunday obyektlarni bosqichma-bosqich xavfsiz hududlarga ko‘chirish yoki ularni butunlay tugatish ham bor.

Hozirga qadar respublika bo‘yicha 46 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlangan. Shuningdek, 464 ta shoxobcha faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar