O‘zbekistonda tekshiruvlar kuchaydi: yuzlab zapravkalar yopildi

O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli tekshiruvlar natijasida xavfsizlik qoidalariga rioya etmagan 464 ta benzin va gaz quyish shoxobchasining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Nazorat ishlari davomida 6 mingdan ortiq obyekt tekshirilib, ularda 46 mingdan ziyod qoidabuzarlik aniqlangan. Mas’ullar kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni olib borayotgan bo‘lib, tekshiruvlar hali ham davom etmoqda.
O‘zbekiston bo‘ylab avtoyo‘qilg‘i va gaz quyish shoxobchalarida keng ko‘lamli tekshiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda. Nazorat ishlari davomida xavfsizlik talablariga rioya etilishi alohida e’tibor markazida bo‘lmoqda.
Ma’lum qilinishicha, tekshirilgan 6 mingdan ortiq obyektda xavfsizlik qoidalariga oid 46 mingdan ziyod qoidabuzarlik holatlari aniqlangan.
Hozirga qadar 464 ta benzin va gaz quyish shoxobchasining faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Mas’ullar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish va xavfsizlik talablarini ta’minlash bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, tekshiruv jarayonlari hali ham davom etmoqda. Shu sababli yaqin kunlarda yana boshqa benzin va metan quyish shoxobchalarining ham faoliyati vaqtincha cheklanishi mumkin.
Mutaxassislar haydovchilarga yoqilg‘i quyishni oldindan rejalashtirishni va o‘z hududidagi shoxobchalar faoliyati haqidagi rasmiy ma’lumotlarni kuzatib borishni tavsiya etmoqda.






























Izohlar 0
…