Piskentda avtodo‘konda yong‘in yuz berdi

Piskentda avtodo‘konda yong‘in yuz berdi

Toshkent viloyatining Piskent tumanida 22 iyun kuni avtomobil ehtiyot qismlari sotiladigan do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga “Oybek” MFY hududida joylashgan avtodo‘konda yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan.

Ma’lum qilinishicha, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga atigi 10 daqiqada yetib borib, yong‘inni qariyb 30 daqiqa ichida to‘liq bartaraf etgan.

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida binoning 300 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar