Prezident ham hayajonda: O‘zbekiston–Portugaliya o‘yinini kutayotganini yashirmadi (video)

Prezident jurnalistlar bilan suhbatda O‘zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliyaga qarshi bo‘ladigan o‘yinini katta hayajon bilan kutayotganini bildirdi. Davlat rahbari bugungi bahs butun xalq uchun muhim voqea ekanini ta’kidlab, o‘zining uyqusi kelmayotganini va his-tuyg‘ularini yashirmasligini aytdi. Mazkur so‘zlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muxlislar orasida yanada katta ruhiy ko‘tarinkilik uyg‘otdi.
Prezident jurnalistlar bilan suhbat davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliyaga qarshi bo‘ladigan muhim uchrashuvi haqida fikr bildirib, o‘yinni katta hayajon bilan kutayotganini aytdi.
Davlat rahbari ushbu bahs nafaqat sport, balki butun xalq uchun muhim voqea ekanini ta’kidlab, o‘z his-tuyg‘ularini ham yashirmadi:
“Sizlar uxlayapsizlarmi, yo‘qmi, bilmayman. Mening uyqum kelmayapti, bugun nima bo‘ladi deb. Baribir birinchi g‘alabamiz — bayrog‘imiz hilpiragani”, — dedi Mirziyoyev.
Bu so‘zlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muxlislar orasida yanada katta ruhiy ko‘tarinkilik uyg‘otdi. Ko‘pchilik yurtdoshlarimiz ham ushbu uchrashuvni intiqlik bilan kutmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliyaga qarshi o‘yini bugun, 23 iyun kuni soat 22:00 da bo‘lib o‘tadi.






























Izohlar 0
…