Belgiya “Tolibon” vakillariga bir kunlik viza berdi

Belgiya Tashqi ishlar vazirligi “Tolibon” harakatining 5 nafar vakiliga bir kunlik viza berganini tasdiqladi. Mazkur vizalar faqat Belgiya hududida hamda bir kun davomida amal qilishi belgilandi. “Tolibon” vakillari Bryusselda migratsiya va afg‘on fuqarolarini deportatsiya qilish masalalariga bag'ishlangan Yevropa Ittifoqi yig'ilishida ishtirok etadi.
Belgiya “Tolibon” harakatining 5 nafar vakiliga bir kunlik viza berdi. Bu haqda Belgiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, vizalar faqat Belgiya hududida va bir kun davomida amal qiladi.
“Tolibon” vakillari Bryusselda migratsiya va afg‘on fuqarolarini vatanlariga deportatsiya qilish masalalari bo‘yicha Yevropa Ittifoqi yig‘ilishida qatnashadi.
Xavfsizlik sabab ularning tashrif sanasi rasman ochiqlanmagan. Ammo ayrim manbalar viza 23 iyun kuni uchun berilganini bildirmoqda.
Uchrashuvda Yevropada qonuniy yashash huquqiga ega bo‘lmagan va xavfsizlikka tahdid deb baholangan afg‘on fuqarolarini qaytarish masalasi muhokama qilinishi kutilmoqda.































Izohlar 0
…