Maktab, bog‘cha, shifoxonaga yaqin joylashgan gaz va yoqilg‘i quyish shahobchalari ko‘chiriladi

Maktab, bog‘cha, shifoxonaga yaqin joylashgan gaz va yoqilg‘i quyish shahobchalari ko‘chiriladi

O‘zbekistonda aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida maktab, bog‘cha, shifoxona va boshqa ijtimoiy obyektlarga yaqin joylashgan gaz hamda yoqilg‘i quyish shoxobchalari qayta o‘rganiladi.

Vazirlar Mahkamasining 315-son qaroriga ko‘ra, mas’ul vazirlik va idoralar ikki oy ichida xavfsizlik masofalari talabiga javob bermaydigan shoxobchalar reyestrini shakllantiradi.

Ushbu ro‘yxatga aholi punktlari, ta’lim va tibbiyot muassasalariga xavfli masofada joylashgan AGTKSH, AGTSH va AYOQSHlar kiritiladi.

Keyinchalik bunday obyektlarni bosqichma-bosqich xavfsiz hududlarga ko‘chirish yoki faoliyatini tugatish bo‘yicha Hukumatga takliflar kiritiladi.

Avvalroq xatlovlarda gaz va yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 46 mingdan ortiq xavfsizlik qoidalari buzilishi aniqlangan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar