O‘zbekistonda yangi vazirlik tashkil etildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etilgan. Yangi vazirlik tarkibiga Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Tashqi savdo vazirligi qo‘shilgan.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi farmoni bilan Sardor O‘ktamovich Umurzoqov O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tashqi savdo vaziri sifatida ishlab kelgan Jamshid Xo‘jayev qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimini egallagani xabar berilgandi.
Bundan tashqari, bosh vazir o‘rinbosari —Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksining rahbari Suhrob Xolmurodov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi
Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi