Kredit qarzi sababli “HOHAN” yuk avtomashinasi auksionga chiqarildi

Kredit qarzi sababli “HOHAN” yuk avtomashinasi auksionga chiqarildi
Audio versiyasi

Kredit mablag‘i tadbirkor yoki fuqarolarga maqsadli loyiha, ish ko‘lamini va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun banklar tomonidan beriladigan sarmoyadur va uni o‘z vaqtida to‘lab borish talab etiladi.

Kredit mablag‘lari o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, banklar sudga murojaat qilishga majbur bo‘lishadi. Sudlar esa, o‘z navbatida qarzorlikni undirish uchun Majburiy ijro byurosi organlariga yo‘naltiradi.
 
Misol uchun, Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan qarzdor “B.G.” MCHJdan undiruvchi “Ipoteka bank” foydasiga 1,8 mlrd. so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.

Ijro xarakatlari natijasida qarzdor MCHJga tegishli “HOHAN” rusumli yuk avtomashinasi xatlanib, 360 mln. so‘m boshlang‘ich narhda auksion savdosiga chiqarildi.

Sotuvidan tushgan mablag‘ kredit qarzini qoplashga yo‘naltiriladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar