O‘zbekistonda bolalar uchun xavfli o‘yinchoqlar sotilayotgani aniqlandi

talablariga javob bermasligi aniqlandi. Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan laboratoriya tekshiruvlari natijasida bir qator mahsulotlarda bolalar salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar fosh etildi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Jizzax viloyati bo‘limi hamda sanitariya xizmati mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan nazorat xaridlari davomida Xitoyda ishlab chiqarilgan bir nechta o‘yinchoq namunalari o‘rganildi.
Tekshiruv uchun olingan “Elastik spiral ipli to‘p”, “Pinch” savdo belgisi ostidagi mushuk panjasi shaklidagi o‘yinchoq hamda Avengers superhero mahsulotlari maxsus laboratoriyalarda sinovdan o‘tkazildi.
Tahlillar davomida mahsulotlarda o‘tkir kimyoviy hid mavjudligi, tashqi qoplamaning namlikka chidamsizligi, mayda qismlarning yetarli darajada mustahkam biriktirilmagani va mexanik ta’sirga bardosh bermasligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, ayrim namunalarda formaldegid miqdori belgilangan me’yordan yuqori ekani qayd etildi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, formaldegid nafas olish tizimi, ko‘z va teriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu modda allergik holatlarni keltirib chiqarishi va bolalar salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi ehtimoldan xoli emas.
Bundan tashqari, o‘yinchoqlardagi mayda detallarning oson ajralishi kichik yoshdagi bolalar uchun yana bir xavf omili sifatida baholanmoqda. Chunki bunday qismlarning yutib yuborilishi yoki jarohatlarga sabab bo‘lishi mumkin.





























Izohlar 0
…