16:58 / 04.07.2022
1 366

Janubiy Koreyalik promouter: Isroil Madrimov va boshqa o‘zbek bokschilari haqida

Janubiy Koreyalik promouter: Isroil Madrimov va boshqa o‘zbek bokschilari haqida
Ma’lumki, Janubiy Koreyaning "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi bilan bir qator bokschilarimiz hamkorlik qiladi. Jumladan, Olimjon Nazarov (27-5,15 KO), Abdurasul Ismoilov (9-1,5 KO), va Abdulaziz Najmiddinov (9-0,7 KO) aynan ushbu promouterlik kompaniyasining loyihasidir.

Mazkur promouterlik kompaniyasining rahbari janob Sang Bum Kimni yurtimiz bokschilariga bo‘lgan qiziqishi yuqori va nafaqat qo‘l ostidagi yurtdoshlarimiz balki boshqa bokschilarimizning ham kuzatib borishini inobatga olib, Isroil Madrimov hamda Mishel Soro o‘rtasidagi revansh jangi borasidagi fikrlari va "Cocky Buffalo" mijozlari bo‘lgan yurtdoshlarimiz bilan bog‘liq rejalari haqida savol bilan murojaat qildik.

- Janob Kim bilamizki bir qator bokschilarimiz bilan hamkorlik qilasiz. Ularning kelajagi bilan bog‘liq qanday rejalaringiz bor?
- Ulkan rejalar mavjud. Masalan, Olimjon Nazarovning yoshi o‘tib borayotganligi sababli men ham Olimjoning o‘zi ham tezroq chempionlik jangi tashkil qilinishini xohlayapmiz. Hozirda uning navbatdagi jangi aniq bo‘ldi. U 30 iyul kuni filippinlik Ligas Biyenvinido (14-2-2, 9 KO) bilan to‘qnash keladi va katta ehtimol bilan ushbu to‘qnashuvdagi g‘alabadan keyin rasman chempionlik jangiga da’vogar bo‘ladi. Abdurasul Ismoilov uchun AQSHda jang tashkil qilish harakatidamiz. Hozirda, viza bilan bog‘liq maslalarni hal qilmoqdamiz. Abdulaziz Najmiddinov borasida to‘xtalsak, uning kelajagi porloq va yaxshi natijalar qayd etadi, deb o‘ylayman. 30 iyul kuni u indoneziyalik Rivo Kundimang (9-3-2,5 KO) bilan jang qiladi va bu to‘qnashuv u uchun juda katta sinov bo‘ladi.

- Olimjon Nazarov hamda -50,8 kg vazn toifasida WBO chempioni Dzunto Nakatani jangi bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqida eshitgandik?
- Ha, ular bilan muzokaralar olib bordik. Shu kunga qadar Olimjonga qarshi 4 ta yapon bokschisi bilan jang uyushtirishga harakat qildik. Biroq, yaponlar bilan kelishish qiyin bo‘lmoqda. Ular 70 % yutuqni xohlashmoqda va raqiblarni tanlab muzokaralarni o‘tkazishmoqda. Lekin bu jangni aniq tashkil qilishga harakat qilaman.

- Bilamizki, o‘zbek bokschilariga befarq emassiz, 9 iyul kuni hamyurtimiz Isroil Madrimov hamda fransiyalik Mishel Soro o‘rtasidagi revansh jangi borasida qanday fikrdasiz?
- Ularning birinchi jangini ham kuzatganman. Juda qiziqarli bahs bo‘lgan. Nisbatan Madrimovning imkoniyatlari yuqori ko‘ringandi. Ikkinchi jang ham qiziq o‘tishi tabiiy... Bu safar ham o‘zbek bokschisining imkoniyatini yuqori baholagan bo‘lardim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Janubiy Koreyalik promouter: Isroil Madrimov va boshqa o‘zbek bokschilari haqida