
Mauro Ikardi PSJni tark etishni istamayapti. "Foot Mercato" nashri bergan xabarga ko‘ra, parijliklar argentinalik hujumchini sotish istagida. O‘yinchining o‘zi qolishni va yangi bosh murabbiy Kristof Galte qo‘l ostida o‘zini ko‘rsatishni istaydi.
Shuningdek, uni ayni vaqtda olayotgan maoshi qoniqtiradi. (12 million yevro) Mauroning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakunlanadi.
Ikardiga "Roma" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu masalada PSJ sport direktori va Joze Mourino suhbatlashdi. Shunday bo‘lsa-da, Mauro "bo‘rilar" safiga o‘tish niyatida emas.
O‘tgan mavsumda 29 yoshli forvard Liga 1 doirasida 24 bellashuvda maydonga tushib, 4 marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar